Nukus mahallalarida Navro‘z bayrami keng nishonlanmoqda
2026-03-25 11:05:00 / Yangiliklar

Nukus mahallalarida Navro‘z bayrami keng nishonlanmoqda
Unda xalqimiz bugungi tinch-osoyishta hayotimizdan minnatdorligini, roziligini bildirmoqda.
Nukus shahri aholisi joriy yili Navro‘z bayramini yuqori kayfiyatda o‘tkazmoqda.
Barcha millatlar jipslashib, milliy qadriyatlari, merosini quvonchli, baxtiyor yuz bilan namoyon etishga bel bog‘lagandek hamma-hamma serg‘ayrat bo‘lib ketgandek. Ayniqsa, nuroniy otaxon-onaxonlar, yoshlar bilan birgalikda qo‘shiqlar aytib, raqsga tushib yuribdi.
Bu degani davlatimizdan ko‘ngillar to‘q degani.
Joriy yilning 25 mart kuni "Omonlik guzari" mahallasida ham shunday bayram tadbirlari bo‘lib o‘tdi.
Bayram tantanasida shahar hokimi A.Daniyarov ishtirok etib, ovul ahlini bayram bilan samimiy tabrikladi. Mahalla ahli tomonidan tashkil etilgan milliy ko‘rgazmalarni tomosha qilib, ular bilan yaqindan suhbatlashdi.







