Xo‘sh, hokim va xalq uchrashuvlarida biz nimani ko‘ramiz?
2026-03-25 16:00:00 / Yangiliklar

25.03.2026-yil, Nukus shahri hokimligi Matbuot xizmati
Inson qadrini har kim turlicha his etadi. Kimdir uni paxtadek yumshoq, havodek zarur, buloq suvidek musaffo, quyoshdek iliq deb tasavvur qiladi.
Zero, “Inson qadri” tushunchasida aynan shu timsollar o‘z aksini topadi.
Bugun mamlakatimizda aholining kutgan an’anaviy uchrashuvlaridan tashqari, inson manfaatlariga xizmat qiluvchi yangi va qulay muloqot maydonlari ham shakllanmoqda.
Xo‘sh, hokim va xalq uchrashuvlarida biz nimani ko‘ramiz?
Eng avvalo, dard bilan kelgan insonlarning yengil tortayotganini, davlatning odamlarga nisbatan mehr va e’tibori ortib borayotganini, har bir aytilgan so‘zning buloq suvidek tozaligini his etamiz.
Bugun Nukus shahri hokimi A. Daniyarov yana xalq bilan yuzma-yuz. Bu uchrashuvlar oddiy rasmiy tadbir emas — ular o‘zaro ishonch va hamkorlik mahsulidir.
Kutish zalida xavotir yoki ranj bilan o‘tirgan fuqarolarning qabuldan so‘ng yuzida tabassum bilan, ko‘ngli taskin topgan holda qaytayotganini ko‘p bora kuzatganmiz.
Ehtimol, ularning orasida siz ham bordirsiz.
(Hokim qabulidan keyingi mulohazalar)
Eslatib o‘tamiz, kelib tushgan barcha murojaatlar shahar hokimi tomonidan shaxsan nazoratga olinib, ularning ijrosi ta’minlanishi bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.






