Firma nomida qaysi belgilar bo‘lmasligi kerak?
2026-03-12 14:00:00 / Yangiliklar

Firma nomida qaysi belgilar bo‘lmasligi kerak?
O‘zbekiston Respublikasining "Firma nomlarini berish va ulardan foydalanish tartibini yanada takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 51-sonli Nizomiga asosan firma nomida ko‘rsatilmasligi kerak bo‘lgan belgilar ko‘rsatilgan.
Firma nomida:
1) Davlatning rasmiy nomi, xalqaro, hukumatlararo yoki nodavlat notijorat tashkilotining qisqartirilgan yoki to‘liq nomi;
2) tarixiy yoki O‘zbekiston Respublikasida mashhur bo‘lgan shaxsning to‘liq yoki qisqartirilgan ismi, belgilangan tartibda beriladigan ruxsatnomasiz;
3) firma nomining egasi, uning faoliyat turi yoki u kelib chiqqan mamlakat to‘g‘risidagi soxta yoki xaridorni chalg‘itishi mumkin bo‘lgan belgilar;
4) jamiyat manfaatlariga, insoniylik va axloq tamoyillariga zid bo‘lgan alomatlar ko‘rsatilmasligi belgilangan.
A.Bozorboyev
Nukus shahar adliya bo‘limi, Davlat xizmatlar markazi bosh mutaxassisi.
