Biriktirilgan yoshlar qo‘llab-quvvatlanmoqda
2026-03-16 10:00:00 / Yangiliklar
Biriktirilgan yoshlarning fikr va takliflari inobatga olinib, o‘zlari qiziqqan kasbni davom ettirish bo‘yicha ish qurollari olib berildi.

Biriktirilgan yoshlar qo‘llab-quvvatlanmoqda
Nukus dehqon bozori AJ raisi U.Saatbayev o‘ziga biriktirilgan qizil toifadagi ishsiz yoshlar bilan hamkorlikda ijobiy natijalarga erishmoqda.
Biriktirilgan yoshlarning fikr va takliflari inobatga olinib, o‘zlari qiziqqan kasbni davom ettirish bo‘yicha ish qurollari olib berildi. Xususan, 1 yoshga payvandlash apparati, 1 yoshga qurilishda ishlatiladigan dastgoh, 1 yoshga go‘zallik saloni uchun asbob-uskuna va mebellar to‘plami, 1 yoshga haydovchilik guvohnomasini olishda shartnoma pullari qoplab berilgan bo‘lsa, yana 1 yoshning tadbirkorlik qilishi uchun dehqon bozoridan savdo joyi ajratib berildi. Amaliy yordam natijasida 4 nafar yoshning bandligi ta’minlandi.







