YANGILIKLAR
2026-03-06 10:00:00 / Yangiliklar

Hurmatli fuqarolar !
Respublikamizda boshqa hududlarda bo‘lgani kabi sodir etilayotgan jinoyatlarning aksariyat qismini o‘g'rilik, firibgarlik va yo‘l transport hodisalari jinoyatlari tashkil etadi.
O‘tgan yilda sodir etilgan o‘g'rilik jinoyatining yarmidan ko‘pi fuqarolarimiz o‘z mol - mulklarini qarovsiz qoldirib, sharoit yaratganligi oqibatida yuz bergan.
Shu bois, aholi gavjum joylar va ko‘p qavatli
uylar atrofida viktimologik tadbirlar o‘tkazilib, 10 ming dan ortiq qarovsiz qoldirilgan mol - mulklar aniqlandi
va egalariga ogohlantirilgan holda qaytarildi.
Ayniqsa, ko‘p qavatli uylarning eshik oldida mol-mulklarining qarovsiz qoldirilishi oqibatida o‘g'irlik jinoyati ortmoqda.
Shu bois, mol - mulkingizga ehtiyot bo‘ling, e’tiborsizligingiz yoki beparvoligingiz tufayli jinoyat qurboniga aylanib qolmang.
Hurmatli fuqarolar!
Keyingi vaqtlarda sodir etilayotgan jinoyatlarning deyarli teng yarimini kibermakonda sodir etilayotgan jinoyatlar tashkil etmoqda.
Albatta, fuqarolarimizni kiber tahdidlardan himoya qilish, mazkur sohaga zamonaviy dasturiy - texnik echimlar
va yangicha ish usullarini joriy etish bo‘yicha kompleks
choralar ko‘rilmoqda.
Ammo, har birimiz o‘zimizda bu turdagi jinoyatlarga
qarshi immunitet xosil qilmasak ko‘zlangan natijaga erishib bo‘lmaydi.
Tahlillarga ko‘ra, fuqarolarimiz e’tiborsizligi yoki oson pul topish ilinjida internet tarmoqlari orqali kelgan har hil fayllarni yoki havolalarni ochishlari natijasida o‘zlarining shaxsiy ma'lumotlarini kiber-makondagi jinoyatchilarga taqdim etib, ularning osonlik
bilan pullarini qo‘lga kiritilishiga yo‘l ochib berilmoqda.
Hurmatli yurtdoshlar!
Fursatdan foydalanib umumiy jinoyatlar ichida salmog'i yuqori bo‘lgan avtoavariyalarga e’tiboringizni qaratsam.
2025 yilning 12 oyida 142 ta holatda yo‘l harakati xavfsizligi hodisalari bilan bog'liq jinoyatlar sodir etilib, 2024 yilning shu davriga nisbatan 16,4 foizga kamaygan.
Lekin, haydovchilarning yo‘l xarakati qoidalarga bepisand bo‘lganliklari oqibatida begunoh 10 nafar shaxs hayotdan bevaqt ko‘z yumdi, 132 nafar shaxs turli darajadagi tan jarohatlarini olgan.
Qadrli yurtdoshlar !
- jamiyatda xavfsiz muhitni ta'minlash ishlariga barchamiz birdek mas’uliyat bilan yondoshsak;
- o‘z uyimiz, o‘z mahallamiz, o‘z yurtimizning tinchligi va osoyishtaligiga daxldorligimizni chuqur his qilsak;
- jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish, ma'naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga har birimiz o‘z xissamizni qo‘shsak oilamiz, mahallamiz, yurtimiz tinch va osoyishta maskanga aylanadi.
Hurmat bilan shahar prokurori Ravshan Bauaddinov
