YANGILIKLAR
2026-02-12 18:00:00 / Rasmiy munosabat

Shu yilning fevral oyida shahrimizdagi "Samanbay" MFY aholisi V.Kalenderova ijtimoiy tarmoqda kadastr hujjatlari bo‘yicha muammosini aytib, video murojaat yo‘llagan. Biz ushbu murojaatni o‘rgangan holda quyidagilarni ma’lum qilib bildiramiz. O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi 937 sonli Qonuni bo‘yicha "Samanbay" hududida xatlov ishlari olib borilganda Jayxun ko‘chasida yashovchi V.Kalenderovaning turar joyi shahar hokimligi qarori yoki "E-auksion" platformasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha yer uchastkasini sotib olganligi bo‘yicha yuridik hujjatga ega hujjatlari yo‘qligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, V.Kalenderovaga bundan oldin bir necha marta O‘zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi 937-sonli Qonuni tushuntirilgan.
Qonun doirasida aytishimiz kerak, 2018-yil 1-may sanasiga qadar turar joylar huquqiy qonun asosida kadastr tomonidan rasmiylashtirildi.
V. Kalenderovning turar joyi 2023 yilda qurilgan.Ammo qonun doirasida bu uyni o‘zboshimchalik bilan qurilganligi aniqlandi.
