"Prezidentimizning qo‘llari bilan Nukusga 38 orden"
2026-01-29 11:00:00 / Yangiliklar

"Prezidentimizning qo‘llari bilan Nukusga 38 orden"
(Quloq bilan eshitgan boshqa, ko‘z bilan ko‘rgan boshqa)
Davlat ordenlarini olgan odamlar oramizda bor. Ular balki bizni uqishayotgandir. Orden sohibi bo‘lish oson emas. U yillar davomidagi mehnat, fidoyilik va mas’uliyatni o‘zida mujassam etadi.
Davlat tomonidan orden berilsa o‘sha paytdagi quvonch shuncha yillik mehnatlarning charchog'ini, mashaqqatini unuttirib yuboradi. Kostyum chetida yaltirab, ko‘rgan ko‘zning havasini keltiradi. Ha, medal degan xalq yig'ilgan joyda haybat, hurmat, g'urur.
Prezidentimizning topshirig'i bilan qabul qilingan Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 2 fevraldagi 52-sonli qarori asosida shahrimizdagi 38 xonadonga, 38 ta yangi uy-joy qurib berilgani Prezidentimizning qo‘llari bilan Nukusga 38 ta orden berilgandek xursandmiz.
Bu xo‘jaliklar necha yillar davomida og'ir mashaqqatli hayot bilan yashab kelayotgan edi.
Bir qaror bir necha oilalarning baxtli va farovon hayotga aylanishiga, gullab-yashnashiga sababchi bo‘ldi.Orden taqqan lahzalardagi shodlik kechagi og'ir kunlarni unuttirib yuboradi.
Shahrimizga taqilgan ordendek, bu uylar chiroyli savlat to‘kib ko‘pchilikka maqtanch bo‘lganini qaytersang.
Bunday yangiliklarni keng jamoatchilikka yoritishda mahalliy OAV vakillari bo‘lgan jurnalistlarga "Davlat tomonidan yordam berilgan xo‘jaliklarning farovon hayotiga nazar" nomli media-tur tashkil etildi.
Bugungi media-turda, "Turon" mahalla fuqarolar yig'ini fuqarosi T.Abdijamilova, "Qizilqum" mahalla fuqarolar yig'ini fuqarosi K.Mirzagalieva, Ishbilarmonlar hududi mahalla fuqarolar yig'ini "Oy ovul" fuqarosi A.Berdimbetovaning xonadonlarida mehmon bo‘ldi.
"Inson qadri uchun" tashabbusi xalqning dardiga darmon, og'irini engil qilgani haqiqat.
Bugungi media turda mamlakatimizning insonlar hayotini o‘zgartirishga qaratilgan jarayonlarni o‘z ichiga oldi




