YANGILIKLAR
2026-01-30 10:00:00 / Yangiliklar

NUKUS SHAHAR KENGASHINING O‘N BESHINCHI SESSIYASIDA YETTI MASALA KO‘RIB CHIQILDI.
1-masala: Qonunchilikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish yo‘nalishida Nukus shahar prokuraturasi tomonidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Nukus shahar prokurori R.Bauaddinov ma’lumot berdi.
2-masala: Huquqbuzarlik va jinoyatning oldini olish,
Jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning tinchligi va xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlari shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i M.Xojamuratov ma’lumot berdi.
3-masala: Nukus shahar soliq inspeksiyasi tomonidan 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar hisobotini shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Seytov ma’lumot berdi.
4-masala: 2025 yil davomida huquqiy targ‘ibot va ma’rifat, norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti holati yuzasidan shahar adliya bo‘limi boshlig‘i O.Jumaniyazovning hisoboti tinglandi.
5-masala: 2025 yil davomida Nukus shahridagi davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati, murojaatlar bilan ishlash holatini Xalq deputatlari shahar Kengashlarida muhokama qilib borish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Nukus shahri Xalq qabulxonasi mutaxassisi I.Najimov ma’lumot berdi.
Boshqa ko‘rilgan masalalar bo‘yicha to‘liq ma’lumot 👇https://www.facebook.com/share/v/1835zoySS4/




