YANGILIKLAR
2026-01-30 09:25:00 / Yangiliklar
Nukus shahrida fuqarolarning sohaga oid murojaatlari tinglandi.

Nukus shahrida fuqarolarning sohaga oid murojaatlari tinglandi.
Aholining Kadastr sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlar palatasi Nukus shahar bo‘limlari tomonidan Nukus shahri "Samanbay" MFY hududida yashovchi fuqarolar bilan ochiq suhbat tashkil etilib, fuqarolar o‘zlarining kadastr sohasiga tegishli murojaatlarini yo‘lladi.
Uchrashuvda fuqarolar tomonidan o‘n beshga yaqin murojaat kelib tushgan bo‘lsa, shundan o‘n bitta murojaat joyida ijobiy hal etildi va qolgan murojaatlar ko‘rib chiqish uchun nazoratga olindi.
Qaraqalpaqstan kadastr



