YANGILIKLAR
2026-01-22 15:05:00 / Yangiliklar

📣 Tadbirkor va fermer xo‘jaliklari diqqatiga ‼️
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 7 iyundagi 433-son qaroriga asosan Fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg'armasi mablag'lari hisobidan Respublikadagi qishloq xo‘jaligi korxonalariga 20 mlrd so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.
Shunga asosan imtiyozli kredit olish istagida bo‘lgan tashabbuskorlar Agrobank, Xalq banki, Biznesni rivojlantirish banki, Mikrokreditbank, Asakabank va Aloqabankga kredit olish uchun murojaat qilishlari mumkin!
👉FERMER XO‘JALIKLARINI QO‘LLAB-QUVVATLASh JAMG'ARMASI MABLAG'LARI HISOBIDAN KREDIT AJRATISh ShARTLARI (14.02.2025y. PF-22, https://www.lex.uz/uz/docs/7388132, 07.06.2018 yildagi 433-son, https://lex.uz/docs/3777967)
💰 Kreditlar yillik 18 foizdan:
🔹 Bog'dorchilik, uzumchilik, limonchilik, issiqxona, sovutish omborxonasi, quritish tsexi, agrologistika tashkil etish, laboratoriya, qishloq xo‘jaligi texnikasi, sutni qayta ishlash tsexi tashkil etish yo‘nalishlariga 3 yil imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga;
🔹 Chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik, parrandachilik, kurkachilik, quyonchilik, asalarichilik, biogomus, agroturizm, tejamkor nasos agregati, quyosh panellari, artezian quduq qazish, yomg'irlatib sug'orish, dala do‘konlari uchun 1 yil imtiyozli davr bilan 4 yil muddatga;
🔹 Aylanma mablag' uchun 6 oy imtiyozli davr bilan 18 oy muddatga yillik 14 foizdan ajratiladi.
📑 Kredit olish uchun:
▪️ Hokim yordamchisi va Qoraqalpog'iston fermerlar kengashi tavsiyanomasi;
▪️ Garov ta'minoti;
▪️ Kredit tarixi ijobiy bo‘lishi talab etiladi.
Qo‘shimcha ma'lumot uchun:
☎️ Markaziy bank (61) 224-12- 02
☎️ Jamg'arma vakili (93) 367-57 - 74
