YANGILIKLAR
2026-01-13 17:00:00 / Yangiliklar

Ipakni titolmagan jun qiladi.
Xuddi shunday, agar muassasa rahbarlarining yil boshidan rejadagi "yo‘l xaritasi" odamlar manfaatiga, jamiyat rivojiga hissa qo‘shmasa, unda kreativlik bo‘lmasa, "oddiy" rejalar qog‘ozda chiroyli ko‘rinsa-da, amalda mazmunsiz bo‘ladi. Haqiqiy islohot - inson hayotida o‘zgarish qilishi bilan o‘lchanadi, hisobotlar soni bilan emas!
Uch kundan buyon har kuni shahar hokimi A.Daniyarov shahrimizdagi muassasa-tashkilotlarning "yo‘l xaritasi"dagi rejalar bilan tanishmoqda.
Ayrim rahbarlarga qo‘shimcha taklif va tavsiyalar berib, rejani qayta ishlashga chaqirmoqda.
Masalan, respublika "yo‘l xaritasi"ga asosan rejalar qilgan rahbarlarga, xo‘sh, ko‘rsatkichni yanada to‘liq bajarish bilan birga, qanday maqsadlarni ilgari surasiz, degan savollar ostida muhokamalar bo‘lmoqda.
Biz aytgan bo‘lar edik. Oliy o‘quv yurtlarida, PHD dissertatsiyani yoqlash bilan rejani yoqlab chiqish o‘rtasida hech qanday farq yo‘q.
Qandaydir ilmiy ish mavzusini himoya qilishda ilm kerak, fakt kerak. Shunday emasmi?Ya’ni mahallani ko‘rding, bilding? Muammoni bartaraf etib, xalqimizga manfaat keltirishda qaysi qaror va mablag‘ bilan yanada farovonlik eshigini keng ochamiz degan savollar doirasida qizg‘in muhokamalar bo‘lmoqda.
Ilgari kampir momolarimiz toptirmaydigan popukli ro‘molni taqqanida undan boy xotin bo‘lmagan.
Bugun davr shamoli, Prezidentimizning go‘zal siyosati bilan yurtimiz, xalqimiz to‘kin-sochinlikda yashamoqda. Do‘konlardan xohlaganingni topa oladigan, tinch-totuv turmushimiz.
Degan bilan bugun harakat zamoni.
Yuqorida popukli ro‘mol haqida fikrni so‘zga qo‘shib yozganimiz yo‘q. Xalqimiz bugun baxtli, farovon hayotda shod-u xurram yashashi uchun, onalarning sochli ro‘moli hilpirab ko‘ngillarida xotirjamlik, kelajakka ishonch ortishida reja qat’iy, bir qadam oldinga yuradigan maqsad bo‘lmog‘i lozim. Buning uchun bizga uyg‘oq yurak kerak!








