YANGILIKLAR
2026-01-09 15:05:00 / Yangiliklar

Kengash majlisi
Bugun shahar hokimligi majlislar zalida, ma’naviy-ma’rifiy ishlarga bag‘ishlangan yil davomida qilinishi kerak bo‘lgan ishlar bo‘yicha Kengash majlisi o‘tkazildi. Yig‘ilishda shahrimizdagi barcha muassasa va tashkilotlardagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarga biriktirilgan mas’ullar ishtirok etdi. Yig‘ilishni shahar hokimining o‘rinbosari J.O‘tejonov boshqarib bordi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmuni va ahamiyatini keng jamoatchilikka yetkazishda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ta’sirchanligini oshirish, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi asosiy muammolarni hal etish, ish ta’sirchanligini oshirish va yoshlar tarbiyasidagi eng dolzarb vazifalarni amalga oshirish, 2025-yil davomida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘yicha "Yo‘l xaritasi"da belgilangan Nukus shahrida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, shuningdek, shahar muassasalari, korxona, tashkilotlar kesimida olib boriladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, unga biriktirilgan mas’ullar, mutaxassislar,
"Ma’naviyat soatlari"ning ijrosi, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish, xalqqa xizmat ko‘rsatish joylaridagi tashqi va ichki yozuvlar, LED ekranlar, bannerlar, shuningdek, jamoat transporti va bozorlarda tarbiyaviy ahamiyatga ega ibratli so‘zlarni joylashtirish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularni bir maqsadga birlashtirish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish, shuningdek, boshqa salbiy illatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Nukus shahar bo‘limi tomonidan 2025 yilning 12 oyi davomida olib borilgan ishlar haqida Kengash majlisini Nukus shahar hokimining o‘rinbosari J.O‘tejanov kirish so‘zi bilan ochdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 martdagi "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-5040-son qarorining so‘zsiz ijrosini ta’minlash,ko‘rsatilgan muammolarni bartaraf etish choralari, ularning ijrosi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning, qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini, ahamiyatini keng jamoatchilikka samarali yetkazish, aholi o‘rtasida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, oila, mahalla, o‘quv yurtlari va mehnat jamoalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni o‘rganish va sog‘lomlashtirishga qaratilgan tadbirlarda ishtirok etish, tinchlik va totuvlikka, mamlakatimizning barqaror rivojlanishiga, milliy qadriyat, urf-odatlar hamda insonparvarlik g‘oyalariga tahdid soladigan turli ichki va tashqi xavf-xatarlarga qarshi targ‘ibot-tashviqot ishlarining tizimli va izchil amalga oshirilishi hamda ushbu muammolarni bartaraf etish bo‘yicha poytaxtimizdagi barcha oliy, professional ta’lim va umumta’lim maktablarida yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularni bir maqsadga birlashtirish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish,
shuningdek, boshqa salbiy illatlarning oldini olish bo‘yicha ish-reja ishlab chiqib, targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilishi bo‘yicha keng tarzda so‘z yuritildi.
Nukus shahar hokimining o‘rinbosari, Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi raisining o‘rinbosari J.O‘tejanov so‘zga chiqib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqimizga yetkazish, targ‘ibot-tashviqot qilish, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasida yil davomida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, bir necha tanlovlar, uchrashuvlar, davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar olib borilganligini ta’kidladi. Biroq, yoshlarimizning milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan tahdidlar ta’siriga tushib qolayotganini hisobga olib, ajdodlarimizga munosib avlodni tarbiyalash uchun bu boradagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni yanada tizimli ravishda jadallashtirishga ehtiyoj sezilmoqda.









