YANGILIKLAR
2025-12-29 15:00:00 / Press-relizlar

Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashining navbatdagi o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Bugun, Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashining navbatdagi o‘n to‘rtinchi sessiyasi shahar hokimligining majlislar zalida ochildi.
Nukus shahar hokimining o‘rinbosarlari, shahar idorasi rahbarlari, siyosiy partiyalar, mahalla fuqarolar yig‘ini raislari hamda mazkur Kengash huzuridagi "Yoshlar maslahat guruhi" a’zolari ishtirok etdi.
Sessiya kun tartibida III masala ko‘rib chiqildi.
I-masala bo‘yicha Nukus shahrini 2025-yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilgan vazifalar va 2026-yil uchun belgilangan rejalar haqida shahar hokimi Daniyarov Abatbay Saparbayevichning ma’ruzasi tinglandi.
II-masala Nukus shahrining 2026-yilgi mahalliy byudjetini tasdiqlash haqida shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Q.Yusupov so‘zga chiqdi.
III- Tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasida Xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan saylangan rais raislik qilishi hamda viloyat, tuman, shahar hokimi bir vaqtning o‘zida Kengashga raislik qilishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan.
Konstitutsiyaning o‘tish qoidalariga asosan
2024 yilda ilk bor xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining birinchi ta’sis sessiyalarida deputatlar orasidan Kengash raislari saylandi.
Bu amaliyot 2026 yil 1 yanvardan barcha tuman, shahar Kengashlariga tatbiq etilishi belgilangan.
Bugun xalq deputatlari Nukus shahar Kengashi raisining saylovi "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 163-moddasida belgilangan tartibda o‘tkazildi. Qonunchilikka ko‘ra xalq deputatlari Nukus shahar Kengashi raisi lavozimiga nomzodlarni tavsiya etish uchun siyosiy partiyalar vakillari guruhi tashkil etildi.Siyosiy partiyalar vakillari guruhi maslahatlashuvidan so‘ng deputat Ayapov Amanjol Tlepovich Xalq deputatlari Nukus shahar Kengashining raisi etib saylandi.









