YANGILIKLAR
2025-12-24 18:00:00 / Yangiliklar

"Hurmat-2025"
Poytaxtimizda yil yakunlari bo‘yicha "Hurmat-2025" taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
Unda dastlab Nukus shahri hokimi Abat Daniyarov so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda yurtimizda xalqimizning farovon turmushini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga keng tarzda to‘xtalib o‘tdi.
Aytib o‘tish joizki, yurtimizda Hurmatli Prezidentimiz rahbarligida "Inson qadri uchun" degan ezgu g‘oya asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
O‘tgan qisqa vaqt ichida kam ta’minlangan oilalarning ijtimoiy muammolarini hal etish, xotin-qizlar va yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlash, "Obod xonadon - obod ko‘cha - obod mahalla" tamoyili asosida sharoiti og‘ir fuqarolar yig‘inlarida qurilish-obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish orqali kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ko‘plab ishlar amalga oshirildi.
Marosimda shahar hokimi A.Daniyarov, shahar prokurori R.Bauaddinov,Shahar Ichki ishlar organlari ishlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i M. Xo‘janazarov, shahar Soliq bo‘limi boshlig‘i A. Seytovlar yurtimiz ravnaqi yo‘lida fidokorona mehnat qilgan bir qator soha vakillariga "Hurmat-2025" statuetkasini eng munosiblarini topshirdi.
"Hurmatli ustoz" - Mariyash Turimbetova.
"Eng namunali mahalla fuqarolar yig‘ini raisi" - "Anasoy" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Aimbetov Ayapbergen Bekbergenovich.
"Eng namunali muassasa rahbari" - SES Nukus shahar bo‘limi boshlig‘i Seytova Sayra Pulatovna.
"Milliy kinematografiyani rivojlantirishdagi faolligi uchun"- "Qoraqalpoqfilm" kinostudiyasi direktori Abdikalikov Ikram Erejepbaevich.
"Fidokor tadbirkor" - "Jayxun Turon Super Servis" MCHJ direktori - Kaljanov Sarsenbay Kalbaevich.
"Mahalla hayotini yoritishda faol jurnalist"-."Yangi O‘zbekiston" gazetasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha muxbiri Qutlimuratov Minajatdin Qalibayevich.
"Hurmatli nuroniy ona" - Shukir Ishmuratova.
"Eng namunali mahalla fuqarolar yig‘ini" - "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Janibekova Oltingul Sharibayevna.
"Hurmatli nuroniy" - Marqaboy Begjanov.
"Eng namunali deputat" - Ismetova Sapura Bazarbayevna.
"Eng faol hamkor tashkilot" - Nukus "INSAN" ijtimoiy xizmatlar markazi rahbari Gulzira Baxieva.
"Eng namunali ijtimoiy xodim" - Uteuliyeva Intizor
Baxt qizi "Yashil bog‘" MFY ijtimoiy xodimi.
"Eng namunali profilaktika inspektori" - Xo‘janiyozov Rafat Baxtiyorovich "Ko‘k o‘zak" MFY profilaktika inspektori.
"Eng namunali mahalla xotin-qizlar faoli" - Allambergenova Mehribanu Jabbarbergenovna "Eli obod" MFY
xotin-qizlar faoli.
"Eng namunali mahalla hamshirasi" - Allambergenova Muxabbat Maksetovna 2-sonli oilaviy poliklinika hamshirasi.
"Yilning eng yaxshi loyihasi"- Tegirmon-shou.
"Eng namunali maktabgacha ta’lim xodimi" - Jiemuratova Jigakul Turganbayevna 14-sonli MTT direktori.
"Eng namunali investor" - Jumamuratov Adilmurat Turdimuratovich "LEGEND STROY BIZNES" MCHJ boshqaruvchisi."Eng namunali hokim yordamchisi" - Tojiboyev Arslon Baxitboy o‘g‘li, "Bo‘z ovul" MFY hokim yordamchisi.
"Eng namunali mahalla soliq inspektori" - Turimbetov Iklasbay Xudaybergenovich, "Xalqlar do‘stligi" MFY soliq inspektori.
"Eng namunali mahalla yoshlar yetakchisi" - Norboyev Muhammadali Sadaddin o‘g‘li, "Alloniyoz qahramon" MFY yoshlar yetakchisi.









