YANGILIKLAR
2025-12-09 17:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti PQ-171-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 376-sonli qaroriga muvofiq, mamlakatimizda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, o‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu jumladan, Nukus shahrida “Faol hayotga qadam” dasturi doirasida yangi ijtimoiy xizmatlar yo‘lga qo‘yildi. Hududda faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslar uchun 5 turdagi yangi xizmat tashkil etildi.
Ushbu xizmatlar natijasida Sarbinaz Doshmuratova hayotida katta o‘zgarish bo‘ldi. U avval aravachada yurgan bo‘lsa, hozirda o‘z oyog‘ida yurishga harakat qilmoqda. Bu esa ko‘rsatilgan reabilitatsiya va ijtimoiy xizmatlar samarasidir.
Sarbinazga Nukus shahar Inson markazi tomonidan ham psixologik, ham ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash xizmatlari ko‘rsatilmoqda.
“Faol hayotga qadam” dasturi orqali yurtimizda yuzlab insonlar hayotiga yangi umid va kuch-quvvat bag‘ishlanmoqda.




