YANGILIKLAR
2025-11-29 17:00:00 / Yangiliklar

1-dekabr - Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun
Bu yil qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36-yil to‘lishi munosabati bilan bayram tadbirlari respublikamiz bo‘ylab keng tarzda nishonlanmoqda. Bugun xalqimizning ma’naviy hayotida beqiyos o‘rin egallaydigan, milliy o‘zligimiz va adabiy merosimizning asosi bo‘lgan Qoraqalpoq tili bayrami yuksak ruh va katta g‘urur bilan nishonlanmoqda.
Har bir millatning ona tili - shu millatning or-nomusi, vijdoni, milliy qadriyatlari bilan bebaho ma’naviy boyligidir. Ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan bu muqaddas tilni asrab-avaylash, uning nufuzini oshirish, kelgusi avlodga sof va bezavol yetkazish nafaqat ustozlarning ishi, balki butun jamoatchilikning burchiga aylanishi lozim.
Shu munosabat bilan shahar hokimligi ham tashabbus ko‘tarib, yildagidan o‘zgacha bo‘lsin degan maqsadda ikki kun davomida o‘qituvchilar o‘rtasida "Ona tilim - sen boshqalardan ayirmam!" mavzusida asarlar tanlovini tashkil etadi.
Joriy yilning 28 noyabr kuni Qoraqalpoq davlat yoshlar teatrida shahar hokimining o‘rinbosari J.Otejanov ishtirokida tanlovda g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilar taqdirlandi. Tadbir san’at va madaniyat xodimlari ijrosidagi konsert dasturi bilan davom etdi.
