YANGILIKLAR
2025-11-27 13:15:00 / Yangiliklar

Jahon bizga havas bilan qarasin
(Davlat siyosatida mehribon yo‘llar..)
Yangi O‘zbekistondagi eng katta islohotlardan biri, albatta, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar bo‘ldi. Dastlab "Temir daftar," "Yoshlar daftari" va "Ayollar daftari" joriy etilib, aholining muayyan qatlamiga zarur yordam berilmoqda.
Bugungi kunga kelib bunday qo‘llab-quvvatlash yangi bosqichga olib chiqildi. Fikrimiz quruq bo‘lmasligi uchun birgina "Mehr daftari" ro‘yxatida turgan shahrimizdagi 18 nafar yoshga ko‘p qavatli uylarning kalitlari topshirildi.
Bugungi bizning qahramonimiz bo‘lgan Aziz Sipatdinov ham o‘sha 18 yoshning biri.
U hayot sinovlariga erta duch keldi. Har uyning eshigida taqillab umr kechirgan Aziz bir yillari o‘zining uyi bo‘lishini o‘ylamagan bo‘lsa kerak...
