MEMORANDUM
2025-11-25 17:00:00 / Yangiliklar

Nukus shahrida yangi o‘quv yili boshlanishi bilanyoq yoshlarni madaniy-ma’naviy jarayonlarga yanada keng jalb etishga qaratilgan ishlar yangi bosqichga ko‘tarildi. Shahar hokimligining tashabbusi bilan bugungi kunda Nukus shahar hokimligi, shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi , Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatri va
Qoraqalpoq davlat Yosh tomoshabinlar teatri o‘rtasida navbatdagi hamkorlik memorandumi imzolandi.
Ushbu memorandum yangi o‘quv yilining avvaloq amalda tatbiq etila boshlanishi bilan ahamiyati yanada ortdi. Loyiha doirasida joriy yil boshidan beri 20 mingdan ziyod maktab o‘quvchisi teatr tomoshalariga jalb etildi, ularning san’atga qiziqishi va intellektual rivojini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘quv dasturlariga uyg‘un tadbirlar tashkil etildi.
Shuningdek, hokimlik tashabbusi bilan kam ta’minlangan va yordamga muhtoj oilalar farzandlarini qamrab olish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ular uchun imtiyozli va bepul tashriflar yo‘lga qo‘yildi, har bir bolaning san’at olamini Ular uchun imtiyozli va bepul tashriflar yo‘lga qo‘yildi, har bir bolaning san’at olamini his etishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratildi.
Tashabbusning bosh maqsadi
yoshlarning ma’naviy dunyosini boyitish, ularni teatr san’ati orqali taraqqiy ettirish va yuksak qadriyatlarga hurmat hissini shakllantirish.
Shu tariqa yangi o‘quv yili Nukus shahrida yoshlar ma’naviyatini qo‘llab-quvvatlash va ijodiy muhitni kengaytirishga qaratilgan muhim amaliy qadamlar bilan boshlandi.

