Nishon tumani hokimligi va Tolimarjon IES bilan hamkorlikda OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida Tolimarjon IESda press-tur bo‘lib o‘tmoqda.
2025-04-29 17:40:00 / Yangiliklar
Nishon tumani hokimligi va Tolimarjon IES bilan hamkorlikda OAV vakillari, jurnalist va blogerlar ishtirokida Tolimarjon IESda press-tur bo‘lib o‘tmoqda.

Press-turdan maqsad – stansiyada amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihasi bilan tanishishdan iboratdir.
Xabaringiz bor, bu yerda Ispaniyaning “Intecsa Ingeniera Industrial” S.A. va Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” xorijiy kompaniyalari bilan hamkorlikda 1065 MVt quvvatga ega 3-4-sonli bug‘-gaz qurilmalari bunyod etilmoqda.
Ushbu zamonaviy, energotejamkor qurilmalarning qurilish ishlari jadal suratlarda qizg‘in olib borilmoqda.
Press-tur ishtirokchilari ayni qurilish maydonchasida olib borilayotgan ishlab bilan tanishib, kerakli ma’lumotlarga ega bo‘lmoqdalar.
Ma’lumot uchun, mazkur investitsiya loyihasi joriy yil yakunida to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilmoqda.






