NISHON TUMANI HOKIMINING BIRINCHI O‘RINBOSARI SUNNATILLA XAQNAZAROVNING O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TABRIGI
2026-10-21 17:45:00 / Yangiliklar

NISHON TUMANI HOKIMINING BIRINCHI O‘RINBOSARI SUNNATILLA XAQNAZAROVNING O‘ZBEK TILI BAYRAMI MUNOSABATI BILAN TABRIGI
Assalomu alaykum, aziz tumandoshlar!
Barchangizni 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Ona tilimiz — milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va bebaho qadriyatlarimiz timsolidir. U xalqimizning ko‘p asrlik tarixi, boy madaniy merosi va ezgu an’analarini o‘zida mujassam etgan ulkan ma’naviy boylikdir.
1989-yil 21-oktabrda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi milliy davlatchiligimiz tarixidagi muhim voqealardan biri bo‘ldi. Bugun ona tilimizning nufuzini oshirish, uning qo‘llanish doirasini kengaytirish, yosh avlodni tilimizga hurmat va ehtirom ruhida tarbiyalash barchamizning ustuvor vazifamizdir.
Ayniqsa, davlat tashkilotlarida ish yuritishda, kundalik muloqotda va yoshlar tarbiyasida o‘zbek tilining adabiy me’yorlariga amal qilish, uning sofligini asrash har birimizdan mas’uliyat talab etadi.
Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt, xonadonlariga tinchlik-osoyishtalik va fayz-u baraka tilayman. Ona tilimizning dovrug‘i yanada yuksalib, uning boyligi va go‘zalligi kelajak avlodlarga bezavol yetib borsin!
O‘zbek tili bayrami muborak bo‘lsin!
