NISHON TUMANIDA “XAVFSIZ MAHALLA BILIMDONI” TANLOVINING TUMAN BOSQICHI O‘TKAZILDI
2026-10-20 19:40:00 / Yangiliklar

NISHON TUMANIDA “XAVFSIZ MAHALLA BILIMDONI” TANLOVINING TUMAN BOSQICHI O‘TKAZILDI
Nishon tumanida “Mahalla yettiligi” a’zolari o‘rtasida “Xavfsiz mahalla bilimdoni” intellektual ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — mahallalarda xavfsiz muhitni shakllantirish, huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash borasida “Mahalla yettiligi” a’zolarining bilim va salohiyatini oshirish, shuningdek, ularning o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlashdan iborat.
Tanlov davomida ishtirokchilar o‘z bilim va mahoratlarini namoyish etib, berilgan savollarga javob berdilar hamda intellektual salohiyatlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.




