Nishon tumani hokimi navbatdagi loyihalar taqdimotida ishtirok etdi
2026-10-05 09:10:00 / Yangiliklar

Nishon tumani hokimi navbatdagi loyihalar taqdimotida ishtirok etdi
Nishon tumani hokimi Botir Tog‘ayev navbatdagi loyihalar taqdimotida ishtirok etdi.
Taqdimot davomida Paxtakor mahallasi hududidagi mavjud ko‘chani zamonaviy infratuzilma asosida qayta ta’mirlash va obodonlashtirish, shuningdek, aholi uchun kecha-yu kunduz xizmat ko‘rsatadigan savdo, maishiy hamda ijtimoiy xizmatlar hududini tashkil etishga qaratilgan “Mahalla ko‘chasini zamonaviy 24/7 xizmat ko‘rsatish ko‘chasiga aylantirish” loyihasi taqdim etildi.
Loyiha doirasida ko‘cha infratuzilmasini yaxshilash, hududni obodonlashtirish, aholiga qulay sharoit yaratish hamda savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarini yagona zamonaviy konsepsiya asosida joylashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.
Taqdimotda tuman hokimining o‘rinbosarlari, mas’ul tashkilotlar vakillari hamda tashabbuskor tadbirkorlar ishtirok etdi.
Loyiha yuzasidan tegishli taklif va mulohazalar bildirilib, uni amaliy jihatdan takomillashtirish hamda belgilangan tartibda amalga oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Taqdim etilgan loyiha tuman rahbariyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, uni amalga oshirish bilan bog‘liq ishlarni tizimli tashkil etish va belgilangan yo‘nalishlar asosida davom ettirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.






