Кадастр соҳасида коррупсияга қарши курашиш бўйича амалга оширилган ишлар кўриб чиқилди
2026-03-09 10:40:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Nishon tuman Kengashi raisi U.Usmanov, tuman Kengashi deputatlari hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari boʻyicha doimiy komissiya aʼzolari ishtirokida Nishon tumani Kadastr filiali tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Yigʻilish davomida sohada shaffoflikni yanada taʼminlash, aholiga koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini oshirish, elektron xizmatlardan keng foydalanishni yoʻlga qoʻyish hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, masʼullarga kelgusida mazkur yoʻnalishda ishlarni yanada samarali tashkil etish, ochiqlik va oshkoralikni taʼminlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha aniq vazifalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.




