Korrupsiyaga qarshi kurash va ochiqlik masalalari muhokama qilindi
2026-01-10 14:30:00 / Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurash va ochiqlik masalalari muhokama qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2024-yildagi “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini taʼminlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 6247-son Farmoni ijrosi yuzasidan Nishon tuman yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi apparat xodimlari oʻrtasida korrupsiyaning oldini olish hamda manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilish davomida xodimlarning oʻz ishiga masʼuliyat bilan yondashuvi, faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash, salbiy holatlarga yoʻl qoʻymaslik, har bir ishni ongli va qonuniy asosda hal etish zarurligi taʼkidlandi. Shuningdek, inson qadr-qimmati va shaʼni har narsadan ustun ekani, yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash masalalari yuzasidan ham tegishli tushuntirishlar berildi.


