Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish masalalari muhokama qilindi
2026-01-10 14:05:00 / Yangiliklar

Korrupsiyaga qarshi kurashish va manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish masalalari muhokama qilindi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning 2024-yilda qabul qilingan “Davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati ochiqligini ta’minlash, shuningdek, jamoatchilik nazoratini samarali amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 6247-son Farmoni ijrosi yuzasidan Yoshlar ishlari agentligining Nishon tuman bo‘limi xodimlari ishtirokida korrupsiyaning oldini olish va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish davomida xodimlarning o‘z xizmat vazifalariga mas’uliyat bilan yondashishi, faoliyatda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, salbiy holatlarga mutlaqo yo‘l qo‘ymaslik, har bir masalani ongli va qonun doirasida hal etish lozimligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek, inson qadr-qimmati, sha’ni va huquqlari eng oliy qadriyat ekani, pok vijdon, halollik, odob-axloq va xushmuomalalik xizmat faoliyatining muhim mezonlari ekani tushuntirib o‘tildi.
Bundan tashqari, ta’magirlikka yo‘l qo‘ymaslik, o‘z xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilmaslik, g‘ayriqonuniy imtiyozlar olish yoki noqonuniy maqsadlarda o‘zining yoxud boshqa shaxslarning harakatlari va qarorlariga ta’sir ko‘rsatish uchun pul mablag‘lari yoki boshqa qimmatliklarni taklif qilmaslik qat’iy ogohlantirildi. Korrupsiyaviy holatlarning oldini olish har bir xodimning shaxsiy mas’uliyati ekani qayd etildi.


