Eco Expo Central Asia 2025
2025-06-19 / Voqealar taqvimi

19–21-iyun kunlari O‘zbekiston poytaxti yashil innovatsiyalar markaziga aylanadi: Central Asian Expo (CAEx) ko‘rgazmalar majmuasida ilk bor "Eco Expo Central Asia 2025" ekologik texnologiyalar xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Bu shunchaki ko‘rgazma emas – barqaror kelajak yo‘lida global ekologik hamjamiyat, sanoat, davlat va xususiy tuzilmalarni birlashtiradigan harakatdir.
“Eco Expo Central Asia 2025” koʻrgazmasi ilgʻor ekologik texnologiyalar, amaliyot va yechimlar almashish uchun mintaqadagi birinchi ixtisoslashtirilgan platformadir. Bu yerda hamma narsa namoyish etiladi: ekologiyadagi sun’iy intellektdan tortib suvni tejash yechimlarigacha, yashil energiyadan ekoturizmgacha. Markaziy Osiyoda ilk bor Turkiya, Xitoy, BAA, Yaponiya, Koreya Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Germaniya va boshqa 25 dan ortiq davlatdan eksponentlar ishtirok etadi.