Saylov-2024
2024-10-27 / Voqealar taqvimi
2024-yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar kengashlari, Xalq deputatlari tuman va shahar kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda – oktabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 128-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 14, 36-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi hamda mahalliy kengashlar deputatlari saylovi 2024-yil 27-oktabr, yakshanba kuni o‘tkaziladi.