Markaziy Osiyo – Xitoy (C5+1) fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik bo‘yicha Ishchi guruhining 3-anjuma
2026-11-03 / Voqealar taqvimi

Joriy yilning 3–5-noyabr kunlari Toshkent shahridagi Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida Markaziy Osiyo – Xitoy (C5+1) fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlik bo‘yicha Ishchi guruhining 3-anjumani bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda O‘zbekiston, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistonning aviatsiya ma’muriyatlari hamda aviakompaniyalari vakillari ishtirok etadi.
Anjumanning asosiy maqsadi Markaziy Osiyo mamlakatlari va Xitoy o‘rtasida fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, mavjud kelishuvlar ijrosini ta’minlash va yangi istiqbolli yo‘nalishlarni belgilashdan iborat.