“Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumi
2023-05-17 / Voqealar taqvimi
Forumning asosiy mavzusi — “Fundamental huquqlar – abadiy qadriyatlar”. “Tashkent Law Spring” xalqaro, xorijiy va mahalliy ekspertlar tomonidan fundamental huquqlar prizmasi orqali zamonaviy huquqiy tendensiyalarni muhokama qilish uchun ochiq platforma vazifasini bajaradi.
Forum huquq sohasidagi zamonaviy ilm-fan yutuqlarini Oʻzbekistonda va jahonda ommalashtirishga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan.
Forum doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar mavzulari:
— “Nizolarni muqobil hal etish: mediatsiyadan arbitrajgacha”;
— “Sifatli norma ijodkorligi orqali qonun ustuvorligi qadar”;
— “Yuridik sohada raqamli texnologiyalar”;
— “Davlat xizmatlari: muvaffaqiyatlar, vazifalar va istiqbollar”;
— “Korrupsiyaga qarshi siyosat”;
— “Intellektual mulk ekotizimi – Oʻzbekistonning innovatsion va sanoat muhitini shakllantirish vositasi sifatida”;
— “Zamonaviy huquq uchun yuridik kadrlar”;
— “Sud ekspertizasi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari”.