Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun
2027-07-02 / Voqealar taqvimi
Bugun uşbu muqaddas ramzni kattayu kiçik birdek qadrlaydi. Unda jonajon Özbekistonimizning tom ma’nodagi asl tasvirini köradi. Gerbimizga har bir hamyurtimiz alohida ehtirom bilan munosabatda bölişi mamlakatimizda ezgu qadriyatga aylangan.
Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi. Purviqor toğlar, daryolar va söl tomoni buğdoy boşoqlaridan, öng tomoni esa çanoqlari oçilgan ğöza şoxlaridan iborat çambarga öralgan gullagan vodiy uzra quyoş zarrin nurlarini soçib turibdi. Bu esa öxşaşi yöq diyorimiz maftunkorligiga öziga xos işoradir. Gerbning yuqori qismida respublika hurligining ramzi sifatida sakkizburçak tasvirlangan bölib, uning içki qismida yarim oy va yulduz tasvirlangan. Ramz markazida baxt va erksevarlik ramzi – qanotlarini yozgan Humo quşi tasvirlangan. Gerbning pastki qismida Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğini ifoda etuvçi çambar lentasining bantida «Özbekiston», deb yozib qöyilgan.
Özbekiston Respublikasi Davlat gerbining rangli körinişida Humo quşi va daryolar – kumuş rangida, quyoş, boşoqlar, paxta çanoqlari va «Özbekiston» yozuvi – oltin rangida, ğöza şoxlari va barglari, toğlar va vodiy – yaşil rangda, çanoqlardagi paxta – oq rangda, lenta – Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğining ranglarini aks ettiruvçi uç xil rangda, sakkizburçak – oltin zarhal bilan hoşiyalangan holda havo rangda, yarim oy va yulduzlar – oq rangda tasvirlangan.
“Özbekiston Respublikasi Davlat gerbi töğrisida”gi qonuning 4-moddasiga muvofiq, Özbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri doimiy ravişda Özbekiston Respublikasi Prezidenti qarorgohlari, Oliy Majlisi palatalari, Vazirlar Mahkamasi, respublika davlat boşqaruvi organlari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Markaziy bank, Hisob palatasi, Markaziy saylov komissiyasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi va Vazirlar Kengaşi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, sudlar, prokuratura organlari, Özbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalari, şuningdek, xalqaro taşkilotlar huzuridagi vakolatxonalari binolarining old tomoniga joylaştirilgan.
Gerb tasviri muhrlarda va davlat idoralari blankalarida, rasmiy naşrlarda, qoğoz va tanga pullarda, qimmatli qoğozlar va fuqarolik pasportida, qonunda belgilangan boşqa hujjatlarda aks ettirilgan.
Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir fuqaro davlat ramzlari, şu jumladan, Özbekiston Respublikasining Davlat gerbiga hurmat bilan munosabatda bölişi qonunçilik bilan belgilab qöyilgan. Davlat ramzlariga bölgan hurmat mamlakatimizda maktabgaça ta’lim maskanlari, maktablardanoq yoş avlod ongiga singdiriladi. Bu esa ulğayib kelayotgan öğil-qizlarda özi tuğilib ösgan yurt taqdiri uçun daxldorlik, vatanparvarlik, fidoyilik, Vatan uçun çeksiz faxr va iftixor tuyğularini mustahkamlaşda muhim omil bölib xizmat qiladi.