Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni
2026-05-07 / Voqealar taqvimi
7-may — O‘zbekiston Respublikasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi xodimlari kuni

Zamonaviy raqamli texnologiyalar jamiyat hayotining barcha sohalariga chuqur kirib bormoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli raqamli islohotlar, innovatsion yechimlar, texnologik taraqqiyot va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi mamlakatimizning iqtisodiy o‘sishi, davlat boshqaruvining ochiqligi va samaradorligi, fuqarolarimizning hayot sifatini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.