Özbekiston Respublikasi milliy valyutasi – söm muomalaga kiritilgan kun
2027-07-01 / Voqealar taqvimi
Markaziy bank tomonidan 1991-1993-yillar davomida milliy valyutani muomalaga kiritiş uçun juda köp izlanişlar olib borildi, xorijiy mamlakatlar tajribasi örganildi.
⏺1993-yilning 15-noyabridan boşlab tölov vositasi sifatida “Söm-kupon” muomalaga kiritildi. Pul islohotini amalga oşiriş borasida ma’lum tajribaga ega böliş uçun “Söm-kupon” ötiş valyutasi sifatida xizmat qildi.
⏺Uşbu yönalişda yetarli tajriba töplangaç, 1994-yil 1-iyuldan boşlab Özbekiston Respublikasi milliy valyutasi “söm” muomalaga kiritildi. Dastlab 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200 (1997-yil), 500 (1999-yil) va 1000 sömlik (2001-yil) pullar birin-ketin muomalaga kiritildi.
⏺Markaziy bank tomonidan yillar davomida pul sifatini yaxşilaş, xavfsizligini oşiriş va dizayni borasida tinimsiz izlanişlar olib borildi.
⏺2018-yilda ixçam va yengilroq vaznda yangi dizayndagi tanga pullar – 50, 100, 200 va 500 sömlik pullar çiqarildi. Yangi dizayndagi 1000 sömlik tanga esa 2022-yilda muomalaga kiritildi.
⏺Naqd pulga doir islohotlarning davomi sifatida banknotlarning yangi dizayni işlab çiqildi. 2021-yilda 2 000, 5 000, 10 000, 20 000, 50 000, 100 000 sömlik va 2022-yilda 200 000 sömlik qiymatdagi yangi banknotlar xalqimizga taqdim etildi.
⏺Uşbu banknotlar qoğoz sifati, himoya qatlamlari borasida eskilaridan ança farq qiladi. Pullarning dizaynida "Buyuk Ipak yöli" va mamlakatimizning tarixiy şaharlari mavzusi aks ettirildi.
⏺Milliy valyuta davlatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlovçi, uning özligini aks ettiruvçi, dunyoga tanituvçi muhim davlat ramzi hisoblanadi. Davlat ramzlariga hurmat bilan muomalada böliş, avvalo, öşa xalqning öziga bölgan yuksak e’tiborini ifodalaydi.