XALQARO HAMKORLIK
2025-09-03 18:05:00 / Yangiliklar

NAVOIY – ORSHA HAMKORLIGI XALQARO HAMJIHATLIK RAMZI
Ayni paytda Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev amaliy tashrif bilan Belarus Respublikasi "Vitebsk" viloyatida bo‘lib turibdi.
Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Navoiy shahri va Belarus Respublikasi Vitebsk viloyati Orsha shahri o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida kelishuv imzolandi. Kelishuvda savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik hamda madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish masalalari belgilab olindi.
Hududlararo hamkorlik ikki tomon uchun mavjud salohiyatdan samarali foydalanish, dolzarb masalalarni tezkor hal etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Shuningdek, tomonlar iqtisodiyot va savdo, turizm, sog‘liqni saqlash, madaniyat hamda sport sohalarida teng huquqlilik, o‘zaro hurmat va manfaatdorlik tamoyillari asosida hamkorlikni amalga oshirishga kelishib oldilar.
Mazkur hujjat ikki tomonlama aloqalarning yangi bosqichini boshlab beradi va O‘zbekiston hamda Belarus xalqlari o‘rtasidagi do‘stona rishtalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Navoiy shahar hokimining Belarus respublikasiga amaliy tashrifi davom etmoqda...






