HOKIM TABRIGI
2025-09-01 07:05:00 / Yangiliklar

MUSTAQILLIK – YURTIMIZNING ENG ULUG‘ BAYRAMI
Navoiy shahri hokimi Dilmurod Ergashevning O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan shahrimiz ahliga bayram tabrigi
Aziz navoiyliklar!
Hurmatli hamshaharlar!
O‘tayotgan har bir yilning 1 sentyabr sanasi mamlakatimiz va yurtdoshlarimiz hayotida muhim tarixiy sana hisoblanadi. Bu bejiz emas. Chunki, bundan roppa-rosa 34 yil muqaddam shu kun arafasida O‘zbekiston davlati va xalqi o‘zining milliy mustaqilligini qo‘lga kiritdi. Bu esa mamlakatimiz va yurtdoshlarimiz uchun beqiyos imkoniyatlar yaratdi. Shundan buyon o‘tgan 34 yil mamlakatimiz uchun haqiqiy bunyodkorlik davriga aylandi. O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy jabhalarda mislsiz taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Tarixiy ildizlari baquvvat, istiqboli porloq davlatni dunyo tanidi. O‘z navbatida navqiron va mustaqil O‘zbekiston ham dunyoga yuz ochdi. Xalqaro hamjamiyatning teng huquqli a’zosiga aylandi.
Bugun mamlakatimizning hamma joyida ko‘tarinkilik ruhi, bayram kayfiyati hukmron. Chunki, qutlug‘ bayramimiz – O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 34 yilligi davlatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining barcha yo‘nalishlarida quvonchli natijalarning qo‘lga kiritilishi bilan kutib olinmoqda. Jumladan, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy nomi bilan atalgan viloyatimiz markazi ahli ham muborak bayramimizga shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush farvonligini yanada yuksaltirish borasida ijobiy ko‘rsatkichlarga erishgan holda arzigulik sovg‘a hozirlashdi. Men ana shunday shukuhli damlarda sizlarni Mustaqilligimizning 34 yillik bayrami bilan muborakbod etayotganligimdan g‘oyatda baxtiyorman.
Shahrimiz hududidagi yirik korxona va tashkilotlar, muassasalarda Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga muvofiq “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” ezgu g‘oyasi hamda Yurtboshimiz tomonidan 7 fevralda qabul qilingan “Buyuk shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy ijodiy merosini yurtimiz va jahon miqyosida keng targ‘ib qilish hamda Navoiy viloyatida "Alisher Navoiy yili"ni yuqori darajada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish maqsadida muhim tadbirlar amalga oshirildi.
Xullas, navoiyliklar mustaqilligimizning 34 yillik bayramini Vatanimizning ertangi istiqboliga yuksak ishonch ruhidagi bunyodkorona mehnat, ahilik va inoqlikda munosib mehnat sovg‘alari bilan kutib olishayapti.
Jumladan, Investisiya dasturi bo‘yicha yilning avgust oyigacha umumiy qiymati 8,5 mln dollardan ortiq bo‘lgan 41 ta loyiha ishga tushirilib, natijada 251 ta ish o‘rinlari yaratildi. Jumladan, “SAIDAKMAL PHARM” MCHJ tomonidan umumiy qiymati 32,4 mlrd so‘mlik “Diagnostika davolash va dorixona xizmatini tashkil etish” loyihasi amalga oshirilishi natijasida 15 kishi ish bilan ta’minlandi. “TIANCHENG STONE" MCHJ tomonidan 22,4 mln dollarlik granit mahsulotlari eksporti amalga oshirildi. Bundan tashqari "NAVOIY MILLING" MCHJ XK tomonidan fosforit kukuni, "UNIVERSALAGRO" MCHJ XK tomonidan qovurilgan pista, "UZBEKISTAN HYDROGEN PEROXIDE" MCHJ tomonidan vodorod peroksidi va "BLEND MIX" MCHJ tomonidan qurilish materiallari eksporti amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 30 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining 2025 yilga mo‘ljallangan investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Navoiy shahrida joriy yilda 240 mln dollar miqdoridagi xorijiy investisiyalar jalb qilish rejalashtirilgan. Joriy yilning yanvar-avgust oylarida 55,3 mln dollar hajmida xorijiy investisiyalar o‘zlashtirildi. Jumladan “PRESTIJ MILLENIUM” MCHJ tomonidan “Transport xizmatini tashkil etish” loyihasi doirasida 15 mln dollar miqdorida xorijiy kredit o‘zlashtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 30 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining 2025 yilga mo‘ljallangan investisiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Navoiy shahrida joriy yilda 240 mln dollar maqdoridagi xorijiy investisiyalar jalb qilish rejalashtirilgan. Joriy yilning birinchi choragida 55,3 mln dollar hajmida xorijiy investisiyalar o‘zlashtirildi. Jumladan “PRESTIJ MILLENIUM” MCHJ tomonidan “Transport xizmatini tashkil etish” loyihasi doirasida 15 mln dollar miqdorida xorijiy kredit o‘zlashtirildi. Bunday ijobiy mehnat natijalari xususida uzoq gapirish mumkin.
Eng asosiysi, shu kecha-kunduzda mamlakatimizning barcha shahar va qishloqlari singari Navoiy shahrimiz ham bayram og‘ushida. Hamshaharlarimiz mustaqilligimizning 34 yilligini katta shodu xurramlik, istiqlolimizning abadiyligi, ona Vatanimizning porloq istiqboliga ishonch ruhida, mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida yangi, yanada zalvorli marralarni ko‘zlagan holda nishonlamoqdalar.
Aziz hamshaharlar!
Qadrli navoiyliklar!
Sizlarni yana bir bor O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 34 yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Barchangizga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va omad tilayman!
Yurtimiz tinch, Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
