FAOLIYAT
2025-08-13 15:10:00 / Yangiliklar

MAKTABLARDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK ISHLARI O‘RGANILDI
Bugun Navoiy shahri hokimi Dilmurod Ergashev, shahar prokurori Boburmirzo Oblaqulov hamda tegishli soha mas’ullari shahardagi 7-, 11- va 17-umumta’lim maktablarida bo'lishdi.
Jarayonda ta’lim muassasalarida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash jarayonlari, sinf xonalari, stadionlar, sport zallari, kutubxonalar va yordamchi infratuzilmalar holati o‘rganildi. Shuningdek, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida o‘quvchilarga qulay va zamonaviy sharoit yaratish, darsliklar, mebel va texnik jihozlar bilan ta’minlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Mas’ullarga qurilish-ta’mirlash ishlarini belgilangan muddatlarda va sifat talablariga rioya qilgan holda yakunlash, sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq amal qilish hamda o‘quv jarayoni boshlanishidan avval barcha kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida ta’lim sifati va pedagoglar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda maktab hududlarida xavfsizlik choralarini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.









