DOLZARB
2025-07-21 20:05:00 / Yangiliklar

YOSHLAR MASALALARIGA BAG‘ISHLANGAN MUHIM YIG‘ILISH
Bugun Navoiy shahar hokimligi katta majlislar zalida yoshlar masalalariga bag‘ishlangan muhim yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat hokimi o‘rinbosari Jamshid Xodjayev, Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev, DXX, Prokuratura, IIB hamda DSI mas’ul rahbarlari, tegishli tashkilotlar vakillari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari hamda bir qator mutasaddi rahbarlar ishtirok etishdi.
Mazkur yig‘ilishda quyidagi ustuvor masalalar:
⏺Yoshlarga oid davlat siyosatini joylarda samarali amalga oshirish,
⏺Ijtimoiy himoyaga muhtoj, "otaliqqa olingan" va "og‘ir toifadagi" yoshlar bilan tizimli ishlash,
⏺Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va bandligini ta'minlash,
⏺Ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi va mavjud muammolarni bartaraf etish chora-tadbirlari.
⏺Joriy yil boshidan buyon mas’ullar tomonidan olib borilgan ishlar va yo’l qo’yilgan kamchiliklar birma-bir tahlil qilindi.
Yig’ilish davomida mutasaddilar hududlarda olib borilayotgan amaliy ishlar, yoshlar bilan ishlashda qo‘llanilayotgan yangi yondashuvlar va erishilgan natijalar yuzasidan axborot berdilar. Shuningdek, yoshlar yetakchilari tomonidan mavjud muammolar va ularning yechimiga oid takliflar ilgari surildi.
Belgilangan vazifalarga sustkashlik bilan yondashgan va ish faoliyati davomida mas’uliyatsizlikka yo’l qo’ygan bir qator mas’ullarga intizomiy choralar ko’rilishi belgilandi.
Yig‘ilish yakunida tegishli tashkilot rahbarlariga aniqlangan muammolarni hal etish va yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.









