SEMINAR
2025-07-02 16:05:00 / Yangiliklar

“FAROVON OILA - MA’RIFATLI JAMIYAT SARI”
Bugun Navoiy shahar hokimligida “FAROVON OILA, MA’RIFATLI JAMIYAT SARI” shiori ostida “Oilalar mustahkamligini ta’minlashda “Oqila ayollar” harakatining o‘rni” mavzusida uchrashuv va amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Navoiy shahar hokimi o‘rinbosari, shahar Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nasiba Raximova, bo‘lim mas’ullari, “Oqila ayollar” harakati Navoiy shahar yetakchisi Latofat Haydarova, mahallalardagi xotin-qizlar faollari, otinoyilar hamda tegishli tashkilot va idoralar vakillari ishtirok etdilar.
Uchrashuv avvalida Navoiy shahar hokimi o‘rinbosari Nasiba Raximova so‘zga chiqib, ishtirokchilarga “Oqila ayollar” harakati tomonidan ishlab chiqilgan murojaatnomani o‘qib eshittirdi.
Shuningdek, tadbir davomida quyidagi:
-“Ma’rifatli jamiyat qurishda “Oqila ayollar” harakatining o‘rni”;
-“Xotin-qizlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishda hamkorlik”;
-“Ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirishda “Oqila ayollar” harakatining roli”;
-“Oilalar mustahkamligi va ajrimlarning oldini olishda jamoatchilikning o‘rni”;
-“Onalik va bolalikni muhofaza qilishda barchamiz mas’ulmiz!” kabi mavzularda atroflicha muhokamalar olib borildi
Muhokamalar davomida soha mutaxassislari, mahalla faollari va jamoatchilik vakillari o‘z fikr-mulohaza va takliflarini bildirdilar. Tadbir yakunida ushbu yo‘nalishlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.
Navoiy shahar hokimligi oila va jamiyat barqarorligini ta’minlash yo‘lida “Oqila ayollar” harakati bilan yaqin hamkorlikda ish olib borishda davom etadi.









