OCHIQ MULOQOT
2025-05-15 19:10:00 / Matbuot anjumanlari

Navoiy shahridagi “Yoshlar markazi” binosida joylashgan “Media markaz”da xotin-qizlar faoliyatiga bag‘ishlangan OCHIQ MULOQOT tashkil etildi.
Mazkur tadbirda Navoiy shahar hokimi o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nasiba Raximova, shahar hokimligi Axborot xizmati rahbari Bobur Ahrorov, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Navoiy viloyati kengashi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi Axborot xizmati, “Navoiyliklar.UZ” rasmiy axborot sayti vakillari, shuningdek, shahar mahallalarida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar faollari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida shahar hokimi o‘rinbosari Nasiba Raximovaning hisobot ma’ruzasi tinglanib, hozirgi kunga qadar Navoiy shahrida xotin-qizlar bilan ishlash, ularni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Shuningdek, kelgusidagi ustuvor rejalar ham e’lon qilindi.
Ochiq muloqot erkin savol-javoblar, taklif va fikrlar shaklida davom etdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan bevosita mutasaddilarga murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Mazkur uchrashuv ochiq muloqot tamoyillari asosida tashkil etilib, hududdagi xotin-qizlarning faolligini yanada oshirish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatli bo‘ldi.









