“Yaşil makon”
2026-11-20 12:00:00 / Yangiliklar

BAĞRIKENGLIK — TINÇLIK, DÖSTLIK VA HAMJIHATLIK TIMSOLI
16-noyabr — Xalqaro bağrikenglik kuni munosabati bilan mamlakatimiz böylab “Bağrikenglik haftaligi” ötkazilmoqda.
Haftalik doirasida bugun Navoiy şahridagi Markaziy istirohat boği hududida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi bilan hamohang tarzda köçat ekiş tadbiri taşkil etildi.
Unda milliy madaniy markazlar vakillari, turli millat va din vakillari iştirok etib, boğ hududiga daraxt köçatlarini ekişdi. Uşbu ezgu taşabbus nafaqat şahar ekologiyasini yaxşilaş, hududlarni yanada kökalamzorlaştiriş, balki jamiyatimizdagi millatlararo totuvlik, diniy bağrikenglik va özaro hamjihatlikni mustahkamlaşga ham xizmat qiladi.
Navoiy şahri turli millat va elat vakillari ahil-inoq yaşab, yagona maqsad — yurt ravnaqi va farovonligi yölida birlaşib mehnat qilayotgan maskanlardan biridir. Bunday tadbirlar esa özaro hurmat, mehr-oqibat va döstlik riştalarini yanada mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Köçat ekiş jarayonida iştirokçilar tabiatga mehr, atrof-muhitga mas’uliyat bilan munosabatda böliş hamda kelajak avlod uçun yaşil va obod boğlar qoldiriş ğoyasini ham özida mujassam etdi.
Zero, bağrikenglik — insonlarni birlaştiruvçi ezgu qadriyat, köçat ekiş esa kelajak uçun qoldiriladigan yaşil merosdir. Tinçlik, döstlik va hamjihatlik hukm surgan yurtdagina bunyodkorlik va taraqqiyot bardavom böladi.
Navoiy şahar hokimligi
Axborot xizmati









