SHAXSIY QABUL
2026-10-22 20:00:00 / Yangiliklar

NAVOIY ŞAHAR HOKIMI VA MAS'ULLARNING ŞAXSIY QABULI ÖTKAZILDI
Bugun Navoiy şahar Xalq qabulxonasi binosida şahar hokimi Bobir Islomov boşçiligida, şahar DSI rahbari Farhod Ergaşev hamda hokim örinbosari Azimjon Yorqulovning fuqarolar bilan şaxsiy qabuli ötkazildi.
Qabulda Xalq qabulxonasi mas'ullari hamda tegişli mutasaddillar iştirok etib, fuqarolarning murojaatlari, mavjud muammolari va takliflarini batafsil örgandilar.
Muloqot davomida murojaatlarda kötarilgan masalalarning kelib çiqiş sabablari, fuqarolar duç kelayotgan tösiqlar hamda ularni bartaraf etiş yöllari muhokama qilindi.
Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga tegişli topşiriqlar berilib, muammolarni qonuniy tartibda hal etiş, fuqarolarni qiynayotgan masalalarga amaliy yeçim topiş va ijrosini nazoratga oliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Fuqarolar murojaatlarini öz vaqtida körib çiqiş, ularning muammolariga yeçim topiş hamda aholi bilan oçiq muloqotni ta’minlaş borasidagi işlar izçil davom ettiriladi.
Navoiy şahar hokimligi
Axborot xizmati









