SHAXSIY QABUL
2026-10-20 20:20:00 / Yangiliklar

NAVOIY SHAHAR HOKIMINING SHAXSIY QABULI O‘TKAZILDI
✅Bugun Navoiy shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimi Bobir Islomovning fuqarolar bilan shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
✅Qabulda hokimning birinchi o‘rinbosari O‘tkir Haqberdiyev, Xalq qabulxonasi mas'ullari hamda tegishli mutasaddillar ishtirok etib, fuqarolarning murojaatlari, mavjud muammolari va takliflarini batafsil o‘rgandilar.
✅Muloqot davomida murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarning kelib chiqish sabablari, fuqarolar duch kelayotgan to‘siqlar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.
✅Har bir murojaat yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, muammolarni qonuniy tartibda hal etish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topish va ijrosini nazoratga olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolariga yechim topish hamda aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati









