NAVOIY SHAHRIDA YOSHLAR BANDLIGI VA AHOLI MUROJAATLARI BO‘YICHA KENGAYTIRILGAN SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
2026-10-15 15:55:00 / Yangiliklar

NAVOIY SHAHRIDA YOSHLAR BANDLIGI VA AHOLI MUROJAATLARI BO‘YICHA KENGAYTIRILGAN SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Bugun Navoiy shahar hokimi Bobir Islomov boshchiligida, shahar prokurori, IIB boshlig‘i, DSI rahbari hamda tegishli tashkilot va idoralar mas’ullari ishtirokida "Yoshlar kuni" doirasida navbatdagi bandlik va mehnat yarmarkasi hamda kengaytirilgan sayyor qabul tashkil etildi.
Ma’naviyat va ma’rifat markazi binosida o‘tkazilgan tadbirda 200 nafarga yaqin fuqarolar, jumladan, ishsiz yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot qilinib, ularning ishga joylashish, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lish va mavjud muammolarini hal etish bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi. Har bir murojaatni tegishli mutasaddilar ishtirokida atroflicha o‘rganish, muammolarga amaliy yechim topish hamda fuqarolarni qiynayotgan masalalarni ijobiy hal etishga alohida e’tibor qaratildi.
Bandlik va mehnat yarmarkasi orqali ishsiz yoshlar hamda ish izlayotgan fuqarolarni mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish, ularning mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish va bandligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Bunday ochiq muloqotlar aholining muammolarini joyida o‘rganish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlariga samarali yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati









