UCHRASHUV
2026-10-14 21:10:00 / Yangiliklar

BARCHA YO‘NALISHLARDA TALAB VA NAZORAT KUCHAYTIRILADI
Bugun Navoiy shahar hokimi Bobir Islomov boshchiligida shahar prokurori, IIB va DSI rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari hamda mahalla yettiligi ishtirokida aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash masalalariga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish “Zoom” platformasi orqali o‘tkazildi.
Yig‘ilishda mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlar, ishsiz fuqarolarni ish bilan ta’minlash hamda ehtiyojmand oilalar uchun barqaror daromad manbalarini yaratish borasidagi faoliyat tanqidiy muhokama qilindi.
Shahar hokimi tomonidan mas’ullarga har bir mahalladagi vaziyatni chuqur o‘rganish, muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
Bunda qog‘ozdagi hisobotlar emas, balki amaliy natijalar asosiy mezon bo‘lishi qayd etildi.
Shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mas’uliyatni kuchaytirish va har bir oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli ishlarni tashkil etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.
Barcha yo‘nalishlarda talabchanlik va nazorat kuchaytirilib, mas’ullardan aniq natija va shaxsiy javobgarlik talab etiladi.
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati









