DIQQAT E'LON!
2026-10-14 14:00:00 / Yangiliklar

BANDLIK VA MEHNAT YARMARKASI HAMDA KENGAYTIRILGAN SAYYOR QABUL O‘TKAZILADI
Ertaga, 15-oktabr, payshanba "Yoshlar kuni" munosabati bilan soat 10:00 da Navoiy shahridagi viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi binosida ishsiz bitiruvchi yoshlarning bandligini ta’minlash maqsadida navbatdagi bandlik va mehnat yarmarkasi hamda kengaytirilgan sayyor qabul o‘tkaziladi.
Tadbir Navoiy shahar hokimi boshchiligida, hokim o‘rinbosarlari, shahar prokurori, IIB va DSI rahbarlari ishtirokida tashkil etiladi.
Yarmarka davomida ishsiz bitiruvchi yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularning murojaatlarini tinglash hamda mavjud muammolariga yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
🌟Sana: 15-oktabr, payshanba
⏰Vaqt: 10:00
📌Manzil: Navoiy shahri, viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi.
Barcha Navoiy shahridagi ishsiz bitiruvchi yoshlarni ushbu bandlik va mehnat yarmarkasi hamda kengaytirilgan sayyor qabulga taklif etamiz!
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati
