YUZMA-YUZ UCHRASHUV ➖MUAMMOLAR SABABLARINI ANIQLASHDA MUHIM OMIL
2026-09-22 20:10:00 / Yangiliklar

YUZMA-YUZ UCHRASHUV ➖MUAMMOLAR SABABLARINI ANIQLASHDA MUHIM OMIL
Bugun Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev “Bunyodkor” mahallasi binosida “Bunyodkor” va “Binokor” mahallalarida istiqomat qiluvchi, o‘ziga biriktirilgan kambag‘allik reyestrida turuvchi fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabul shaklidagi uchrashuvni o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida fuqarolar bilan batafsil va yuzma-yuz suhbatlashilib, ularning oilaviy va ijtimoiy holati, kambag‘allik reyestriga kiritilish sabablari, mavjud muammolari hamda ularni hal etish imkoniyatlari atroflicha o‘rganildi.
Fuqarolarning bandligini ta’minlash, barqaror daromad manbalarini yaratish hamda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha individual yondashuv asosida tegishli vazifalar belgilandi. Shuningdek, fuqarolarga qonunchilikda nazarda tutilgan barcha turdagi ijtimoiy ko‘mak va amaliy yordamlarni ko‘rsatish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Qabul jarayonida fuqarolar uchun birlamchi tibbiy ko‘rik ham tashkil etildi. Mazkur oilalarni xonadonbay, chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, aniqlangan muammolar bo‘yicha tegishli tibbiy yordam ko‘rsatish yuzasidan ham mas’ullarga aniq vazifalar belgilandi.
Uchrashuv davomida har bir murojaat va muammo alohida nazoratga olinib, ularning amaliy yechimini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati









