SHAXSIY QABUL
2026-09-10 19:00:00 / Yangiliklar

Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida batafsil o‘rganilib, fuqarolarga tegishli tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va amaliy choralar ko‘rishni talab etadigan murojaatlar bo‘yicha mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosini nazoratga olish belgilandi.
Shahar hokimi fuqarolar bilan muloqot jarayonida, ayniqsa, yoshlarning murojaatlarini e’tiborsiz qoldirmaslik, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va amaliy yechim topish muhimligini ta’kidladi.
Bunday ochiq va bevosita muloqotlar fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish, mavjud muammolarga qonuniy va samarali yechim topish hamda aholining davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati









