SHAXSIY QABUL
2026-09-10 18:55:00 / Yangiliklar

YOSHLAR KUNI DOIRASIDA NAVBATDAGI SHAXSIY QABUL O‘TKAZILDI
Bugun Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev hamda hokim o‘rinbosari Azimjon Yorqulov ishtirokida Navoiy shahar Xalq qabulxonasi binosida "Yoshlar kuni" doirasida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida 20 dan ortiq fuqaroning murojaatlari tinglandi. Murojaatlarda asosan fuqarolar va yoshlarning bandligini ta’minlash, ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, ta’lim, ijtimoiy masalalar hamda boshqa dolzarb masalalar yuzasidan taklif va muammolar bildirildi.
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati









