SHAXSIY QABUL
2026-09-03 20:05:00 / Yangiliklar

HAR BIR MUROJAAT — E’TIBORDA, HAR BIR MASALA — NAZORATDA
Bugun — payshanba, Yoshlar kuni munosabati bilan Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev ishtirokida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida yoshlar va turli masalalar yuzasidan murojaat qilgan fuqarolarning taklif, tashabbus hamda muammolari tinglandi.
Murojaatlar birma-bir o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi. Har bir murojaatning ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olindi.
Ayniqsa, yoshlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bunday ochiq muloqotlar fuqarolarni qiynayotgan masalalarni bevosita o‘rganish, ularni joyida hal etish va aholi bilan samarali muloqotni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati






