YOSHLAR VA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI
2026-08-27 19:30:00 / Yangiliklar

#PAYSHANBA
#YOSHLAR_KUNI
YOSHLAR VA FUQAROLAR MUROJAATLARI TINGLANDI
Bugun — Payshanba, Yoshlar kuni munosabati bilan Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev hamda hokim o‘rinbosari Azimjon Yorqulov ishtirokida navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida yoshlar, shuningdek, turli masalalar yuzasidan murojaatlari, taklif va tashabbuslari mavjud bo‘lgan fuqarolar qabul qilindi.
Uchrashuvda fuqarolarning murojaatlari birma-bir tinglanib, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish, mavjud masalalarga amaliy yechim topish hamda murojaatlarni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Ayniqsa, yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda tashabbus va takliflarini qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bu kabi qabullar fuqarolar bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va tezkor yechimlar topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Navoiy shahar hokimligi
Axborot xizmati








