Hokim tabrigi
2026-08-09 14:30:00 / Yangiliklar

Assalomu alaykum!
Hurmatli qurilish sohasi faxriylari, aziz quruvchilar va soha xodimlari!
Siz, azizlarni Qurilish sohasi xodimlari kuni - bilan samimiy muborakbod etaman!
Qurilish — bunyodkorlik, yaratuvchanlik va yurt taraqqiyotining muhim tayanchlaridan biridir.
Bugungi kunda shaharlarimiz qiyofasining tobora chiroy ochishi, zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy ob’yektlar, yo‘llar va infratuzilma tarmoqlarining barpo etilishida sizlarning mashaqqatli va fidokorona mehnatingiz mujassam.
Sizlarning har bir bunyod etgan inshootingiz, har bir obod etgan hududingiz yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shilgan munosib hissadir. Ayniqsa, Navoiy shahrida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlarida sizlarning mehnatingiz alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Fursatdan foydalanib, barcha soha xodimlariga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, baxt-saodat, kasbiy faoliyatlaringizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman.
Yurtimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi sharafli mehnatingiz doimo qadr topsin! Qalbingizda bunyodkorlik zavqi, xonadonlaringizda fayzu baraka va quvonch hech qachon arimasin!
Bayramingiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Dilmurod Ergashev
Navoiy shahar hokimi
